
Turkman xalqining Milliy Lideri, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Watan” axborot dasturida xabar berildi.
Suhbatdoshlar bir-birlarini samimiy qutlab, kirib kelayotgan Ramazon hayiti (Oraza bayrami) bilan bir-birlarini va ikki mamlakatning qardosh xalqlarini tabrikladilar. Prezident Shavkat Mirziyoyev, o‘z navbatida, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovni lavozimga kirishganining 4 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.
Telefon muloqoti davomida tomonlar ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik, qardoshlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashda madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik izchil kuchayib borayotganini ta’kidladilar. Ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati yuzasidan fikr almashish chog‘ida suhbatdoshlar ushbu hamkorlik barcha sohalarda, xususan, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy yo‘nalishlarda rivojlanayotganini qayd etib, Turkmaniston-O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasi faoliyatiga yuqori baho berdilar. Bundan tashqari, oliy darajadagi uchrashuvlar muntazam xarakterga ega bo‘lib, o‘zining samaradorligi bilan ajralib turadi. Shu munosabat bilan Turkman xalqining Milliy Lideri mamlakatda bo‘lib o‘tadigan sammitlarda hamda uning doirasidagi uchrashuvlarda ishtirok etish uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevni yuqori darajadagi delegatsiya boshchiligida Turkmanistonga tashrif buyurishga taklif qildi.
Suhbat yakunida Turkman xalqining Milliy Lideri va O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir-birlariga mustahkam sog‘lik va davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar, ikki mamlakatning qardosh xalqlariga esa tinchlik va farovonlik tiladilar.
Telefon muloqoti Turkmaniston tomoni tashabbusi bilan bo‘lib o‘tdi.
Keywords