
Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Turkman xalqining Milliy Lideri Gurbanguli Berdimuhamedovga Qozog‘iston va uning xalqi nomiga yo‘llagan ezgu maktubi uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda “Vatan” axborot dasturida xabar berildi.
Qozog‘iston Prezidenti o‘z minnatdorchilik xatida ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan qozoq-turkman strategik sherikligini yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotganini, hozirgi zamon sharoitida bunday siyosat g‘oyat muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, Prezident Qasim-Jomart Toqayev birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida ko‘pqirrali hamkorlik mamlakatlar va ularning xalqlari manfaatlari yo‘lida yanada yuksalishiga qat’iy ishonch bildirdi.
Keywords