Turkman ziyoratchilarining katta guruhi haj ibodatini ado etish uchun Saudiya Arabistoni Podshohligiga jo‘nab ketdi. Bu haqda “Watan” axborot dasturi хабар berdi.

Qayd etilishicha, ziyoratchilar safar oldidan Ashxoboddagi Hazrati Umar masjidiga tashrif buyurishdi. Musulmonlarning eng ulug‘ bayramlaridan biri — Qurbon hayiti arafasida mamlakatning barcha viloyatlari va poytaxt vakillari dunyoning millionlab ziyoratchilari bilan birga Makka va Madinada bo‘lib, муқаддас Ka’bani ziyorat qiladi hamda boshqa diniy marosimlarni bajaradi.
Keywords