
Turkmaniston Davlat bojxona xizmati vakillari Ostonada bo‘lib o‘tgan Butunjahon bojxona tashkiloti (WCO) va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari uchun Tovarlarni chiqarish vaqti (TRS) bo‘yicha ikkinchi qo‘shma mintaqaviy o‘quv seminarida ishtirok etdilar. Bu haqda Davlat bojxona xizmatining rasmiy saytida xabar berildi.
Xabarda ta’kidlanishicha, tadbir WCO va JICA tomonidan Qozog‘iston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat daromadlari qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
O‘quv mashg‘ulotlarida TRSni joriy etish, ilg‘or tajribalar almashish, bojxona tartib-taomillaridagi to‘siqlarni aniqlash, shuningdek, import, eksport va tranzit operatsiyalarini takomillashtirish bo‘yicha milliy hamda mintaqaviy takliflarni ishlab chiqish kabi masalalar muhokama qilindi.
Keywords