
Turkmanistonning shu yilning iyun oyida Boku shahrida bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyoda qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha jadallashgan hamkorlik» («APRECA») investitsiya forumidagi faol ishtiroki mintaqadagi energetika o‘tishining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha muloqotni boyitadi va investitsiya loyihalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Bu haqda Xalqaro qayta tiklanuvchi energiya agentligi (IRENA) mamlakatlar va hamkorlik bo‘yicha direktori Gurbuz Go‘nul so‘zlariga tayanib «Trend» xabar berdi.
Gurbuz Go‘nulning so‘zlariga ko‘ra, «APRECA» investitsiya forumi 2026-yil iyun oyida Ozarbayjonda, «Baku Energy Week» haftaligi doirasida o‘tkaziladi. Forumda hukumat vakillari, investorlar va loyiha ishlab chiquvchilar to‘planib, butun Markaziy Osiyo mintaqasida qayta tiklanuvchi energiya loyihalarini ilgari surish va elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish masalalarini muhokama qiladilar.
G. Go‘nul Turkmanistonning katta salohiyatga ega ekanligini ta’kidladi: «Turkmanistonda yiliga taxminan 300 kun quyoshli bo‘ladi va Markaziy Osiyoda eng yuqori quyosh radiatsiyasi darajalaridan biriga ega. Shuningdek, shamol energiyasi imkoniyatlari ham katta: hisob-kitoblarga ko‘ra, mamlakat hududining qariyb 40 foizi shamol energetikasini rivojlantirish uchun qulaydir».
Keywords