
2026-yil 26-fevral kuni “Lancaster House” hukumat majmuasida Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, Hamdo‘stlik va taraqqiyot masalalari bo‘yicha davlat kotibi Ivett Kuper bilan uchrashdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, “yashil” texnologiyalar, raqamlashtirish va transport sohasi, shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish qayd etildi. Bu haqda Turkmaniston TIV xabar berdi.
Muzokaralar yakunlari bo‘yicha Turkmaniston-Britaniya hamkorligini yanada mustahkamlashga o‘zaro qiziqish tasdiqlandi hamda yuqori darajadagi tashriflarni tashkil etish istiqbollari muhokama qilindi. Shundan so‘ng bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.
Shu kuni Buyuk Britaniya tashqi siyosat idorasi rahbari nomidan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirlarining ishchi tushlik uchrashuvi o‘tkazildi. Suhbat davomida mintaqaviy hamkorlik, xavfsizlik, barqaror rivojlanish va mintaqalararo aloqalar masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Rashid Meredov uchrashuv davomida so‘zga chiqib, amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq takliflarni, jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlarini ishga tushirish hamda “Turkmaniston – Buyuk Britaniya madaniy muloqoti” deb nomlangan yangi formatni yaratish borasidagi tashabbuslarni bayon etdi. Shuningdek, uchrashuvda Afg‘onistonning tinch yo‘l bilan rivojlanishini infratuzilma loyihalari, jumladan, TAPI gaz quvuri, elektr uzatish tarmoqlari va Afg‘oniston yo‘nalishi bo‘yicha temir yo‘llar qurilishini amalga oshirish orqali qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuvda chegaralararo savdoning ochiqligini oshirish maqsadida Britaniya huquqiy va konsalting kompaniyalarini jalb qilish orqali texnik hamda maslahat hamkorligini kenga
Keywords