
Turkmanistonning Turkiya Respublikasidagi Bosh konsuli O. Jumanazarov Istanbul hokimi Dovut Gul bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlik va 2026-yilda rejalashtirilgan madaniy tadbirlar masalalarini muhokama qildi.
2026-yil 11-mart kuni Istanbul viloyati hokimligi binosida Turkmanistonning Turkiya Respublikasidagi Bosh konsuli O. Jumanazarovning Istanbul hokimi Dovut Gul bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Turkmaniston TIV sayti xabar bermoqda.
Uchrashuv davomida Turkmaniston va Turkiya Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy, madaniy, ilmiy-maʼrifiy, sogʻliqni saqlash va sport sohalarida hamkorlikni rivojlantirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi. Tomonlar doʻstlik, hurmat va oʻzaro manfaatli hamkorlik tamoyillariga asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash muhimligini qayd etdilar.
Shuningdek, 2026-yilning “Mustaqil, doimiy Neytral Turkmaniston — bedov otlar maskani” deb eʼlon qilinishi hamda Turkmaniston Mustaqilligining 35 yilligiga bagʻishlangan tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha fikr almashildi.
Keywords