
Londondagi Butunjahon ta'lim forumida ishtirok etayotgan Turkmaniston ta'lim vaziri o‘rinbosari Azat Atayev boshchiligidagi delegatsiya raqamli transformatsiya, sun'iy intellekt va ta'lim texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi xalqaro tashkilotlar hamda kompaniyalar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda vazirlikning rasmiy saytida ma’lum qilindi.
“OpenAI” kompaniyasi vakillari bilan kechgan uchrashuvda ta'lim tizimida sun'iy intellektdan mas'uliyat bilan foydalanish istiqbollari muhokama qilindi. “OpenAI” mutaxassislari o‘qituvchilar, talabalar va tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus ishlab chiqilgan “ChatGPT Edu” talqinining imkoniyatlarini namoyish etishdi. Shuningdek, uchrashuvda pedagoglarni sun'iy intellektdan foydalanishga tayyorlash, ma'lumotlarni muhofaza qilish va ushbu texnologiyalarni xavfsiz sinovdan o‘tkazish uchun nazorat qilinadigan muhit yaratish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Keywords