
Turkmaniston ishbilarmonlar delegatsiyasi savdo, investitsiyalar va rivojlanish sohalarida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish maqsadida Esvatini Qirolligiga tashrif buyurdi.
Tashrif ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik aloqalarni rasmiy o‘rnatish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar doirasida amalga oshirilmoqda. Turkmaniston delegatsiyasini Esvatini Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Folile Shakantu hamda Ichki ishlar vaziri, Sha Lindiwe qabul qildi.
Uchrashuvlar davomida tomonlar investitsiya dialogini rivojlantirish, shuningdek, tinchlikni saqlash va barqaror rivojlanish masalalarida xalqaro maydonchalarda hamkorlik qilishga qiziqish bildirdilar.
Turkmaniston va Esvatini Qirolligi o‘rtasidagi diplomatik aloqalar 2025 yil 5 avgustda rasmiy o‘rnatilgan.
Keywords