
Turkmaniston Prezidenti mamlakatning Maldiv Respublikasidagi elchisini tayinlash to‘g‘risidagi tegishli hujjatni imzoladi.
«Watan» axborot dasturida ma’lum qilinishicha, Turkmanistonning Hindiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Shalar Geldinazarov bir vaqtning o‘zida Turkmanistonning Maldiv Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlandi.
Maldiv Respublikasi Hind okeanida joylashgan arxipelag davlat bo‘lib, Hindiston va Shri-Lankaning janubi-g‘arbida joylashgan.
So‘nggi yillarda Turkmanistonning dunyo davlatlari bilan diplomatik munosabatlarni rivojlantirish borasidagi faoliyati yangi mazmun bilan boyitilmoqda. Natijada turli mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik hamkorlik izchil kengayib bormoqda.
2026 yilning yanvar–may oylarida Chad Respublikasi, Indoneziya Respublikasi, Italiya Respublikasi, Koreya Respublikasi, Argentina Respublikasi hamda Misr Arab Respublikasining Turkmanistonga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchilari o‘z ishonch yorliqlarini topshirdilar.
Shuningdek, Turkmanistonning Tailand Qirolligi va Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi elchilari hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Islom Hamkorlik Tashkiloti huzuridagi doimiy vakillari ishonch yorliqlarini topshirib, o‘z vazifalariga rasman kirishdilar.
Turkmanistonning Maldiv Respublikasidagi elchisining tayinlanishi ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishi kutilmoqda.
Keywords