
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ko‘rgazma ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida ushbu muhim tadbirning mamlakatning yutuqlari va ijtimoiy-iqtisodiy muvaffaqiyatlarini jahon hamjamiyatiga ko‘rsatishda muhim o‘rin tutishini alohida ta’kidladi.
Prezident ta’kidlaganidek, mamlakatda erishilgan iqtisodiy-ijtimoiy yutuqlar — porloq kelajak uchun mustahkam poydevor hisoblanadi. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan yirik sanoat majmualari yaratilmoqda, raqamli iqtisodiyotga o‘tish ishlari amalga oshirilmoqda, yangi shaharchalar va qishloqlar barpo etilmoqda. Bularning barchasi xalqning hayot sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.
Ko‘rgazmada mamlakatning barcha viloyatlarida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, zamonaviy ishlab chiqarish korxonalari, sifatli va ekologik toza mahsulotlar namoyish etildi. Bu esa mamlakatda olib borilayotgan modernizatsiya va iqtisodiyotni diversifikatsiyalash siyosatining muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini ko‘rsatmoqda.
Turkmanistonning iqtisodiy salohiyati yil sayin kuchayib bormoqda. Eksport imkoniyatlarining kengayishi, ichki bozorni to‘liq ta’minlash, sifatli mahsulotlarning jahon bozorlariga chiqishi sanoat va tadbirkorlik sohalarining taraqqiyotiga katta turtki bermoqda.
Prezident Serdar Berdimuhamedov turkman xalqining tanlagan yo‘li yaratuvchanlik, taraqqiyot va tinchlik yo‘li ekanini ta’kidlab, mustaqil davlatning bedav yurish bilan olg‘a borayotganini qayd etdi. Bugungi kunda Turkmaniston kuchli iqtisodiyotga ega, siyosiy jihatdan barqaror va betaraf siyosatini muvaffaqiyatli yuritayotgan demokratik davlat sifatida xalqaro maydonda e’tirof etilmoqda.
Nutqining yakunida Prezident ko‘rgazma ishtirokchilarini yana bir bor samimiy tabriklab, ularga mustahkam sog‘lik, farovon hayot va faoliyatlarida katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Keywords