
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov hukumat majlisi davomida Meret Orazovni «boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan» Turkmanistonning Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Favqulodda va muxtor elchisi lavozimidan ozod etdi. Bu haqda «Watan» xabarlar dasturi ma’lum qildi.
M. Orazov 2001-yilning yanvar oyidan beri ushbu lavozimni egallab kelayotgan edi. Shuningdek, u Turkmanistonning Meksika va Kanadadagi elchisi hamda Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti huzuridagi vakili lavozimlaridan ham ozod etildi.
Keywords