
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov ikki kunlik ilk davlat tashrifi bilan Gruziyaga bordi. Ushbu tashrif ikki do‘st mamlakat o‘rtasidagi siyosiy munosabatlar tarixida yangi bosqichni ochib beradi.
Tbilisidagi Shota Rustaveli nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Gruziya rasmiy vakillari kutib oldilar. Mehmon sharafiga aeroportda faxriy qorovul saf tortdi, ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarildi.
Tashrifning asosiy yo‘nalishlari:
Turkmaniston bilan Gruziya o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil 16-iyulda yo‘lga qo‘yilgan. O‘tgan davr mobaynida oliy darajada erishilgan kelishuvlar ikki mamlakatning uzoq muddatli hamkorligi hamda o‘zaro manfaatli munosabatlarining mustahkam poydevorini yaratdi.
Prezident Serdar Berdimuhamedovning ushbu tashrifi ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy muloqotni yanada faollashtirishga, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni yangi darajaga olib chiqishga katta turtki beradi.
Keywords