Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov mamlakatga tashrif buyurgan Eron Islom Respublikasi Yo‘l va shahar qurilishi vaziri Farzane Sodiq Malvajerdni qabul qildi. Uchrashuvda Eron vaziri Prezident Mas’ud Pezeshkianning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazib, Tehron Turkmaniston bilan do‘stona va strategik munosabatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratishini ta’kidladi.

Eron Turkmanistonning tashqi savdo aylanmasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Muzokaralar davomida yoqilg‘i-energetika, transport va kommunikatsiya, qurilish hamda qishloq xo‘jaligi sohalaridagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar xususiy sektor vakillari o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish hamda tranzit-logistika imkoniyatlarini oshirish ikki mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidladilar.