
Qozog‘iston Respublikasiga amalga oshirgan amaliy tashrifi doirasida Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ) muassis davlatlari rahbarlari Kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi. Bu haqda “Watan” axborot ko‘rsatuvida xabar berildi.
Turkmaniston Prezidenti majlisda nutq so‘zlar ekan, Orolbo‘yi xalqlari uchun o‘ta muhim bo‘lgan vazifalar ikkinchi darajaga tushirib yuborilmasligi kerakligini, bu borada xalqaro hamkorlik va muvofiqlashtirish mexanizmlarini birgalikda saqlab qolish va rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.
“Orolni qutqarish, uning kelajagi, dengiz mintaqasida yashayotgan insonlar taqdiri bizning g‘ururli ishimiz, siyosiy va ma’naviy mas’uliyatimizdir. Shu bilan birga, bu muhim ekologik, ijtimoiy va gumanitar muammolarni hal qilish uchun mamlakatlarimizning hamda xalqaro hamkorlarimizning iqtisodiy, moliyaviy-tashkiliy resurslarini, shuningdek, diplomatik sa’y-harakatlarini birlashtirish va foydalanish bo‘yicha umumiy burchimizdir”, — deb ta’kidladi Turkmaniston Prezidenti. Shu munosabat bilan Turkmaniston Prezidenti bir qator takliflarni ilgari surdi.
So‘zining oxirida Prezident Serdar Berdimuhamedov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga raislik qilishni boshlagani bilan qutladi hamda kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.
Keywords