
Hurmatli Prezidentimiz Serdar Berdimuhamedov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tavallud kuni munosabati bilan chin daldan yoʻllagan tabriklari va eng ezgu tilaklarini yubordi.
«Siz olib borayotgan oqilona siyosat tufayli Oʻzbekiston izchil rivojlanib, xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlab bormoqda. Turkmaniston bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstlik munosabatlari, har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirishga qoʻshayotgan shaxsiy hissangizni yuksak qadrlaymiz», deb taʼkidlaydi oʻz maktubida davlat Rahbarimiz. Ikki xalq oʻrtasidagi umumiy tarixiy-madaniy va maʼnaviy qadriyatlarga asoslangan munosabatlar chinakam qardoshlikning yaqqol namunasi ekanini qayd etib, hurmatli Prezidentimiz bu aloqalar xalqlarimiz manfaati yoʻlida bundan buyon ham mustahkamlanib borishiga qatʼiy ishonch bildirdi.
Arkadagʻli Qahramon Serdarimiz yoqimli imkoniyatdan foydalanib, Prezident Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat va masʼuliyatli davlat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, Oʻzbekiston Respublikasi xalqiga esa tinchlik-totuvlik va farovonlik tiladi.
Keywords