Hurmatli Prezidentimiz Serdar Berdimuhamedow Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Asif Ali Zardariyga, Bosh vazir Mian Muhammad Shahboz Sharifga hamda mamlakat xalqiga Pokiston Islom Respublikasining Mustaqillik kuni munosabati bilan chin dildan tabriklari va eng ezgu nizomlarini yoʻlladi.

«Bu şonli bayram xalqingizning jipsligi, ahilligining yaqqol ifodasi boʻlib, ayni paytda xalqning kelajagini mustaqil belgilashga boʻlgan intilishining nishonidir», – deb taʼkidladi davlat Rahbarimiz. Hurmatli Prezidentimiz Turkmaniston va Pokiston Islom Respublikasi koʻp yillar davomida oʻzaro hurmat, teng huquqlilik, tinchliksevarlik tamoyillariga asoslangan hamkorlikni olib borayotganini, mavjud keng imkoniyatlarni inobatga olgan holda ikki tomonlama munosabatlarni bundan buyon ham rivojlantirish tarafdori ekanligini qayd etdi.

Davlat Rahbarimiz imkoniyatdan foydalanib, Prezident Asif Ali Zardariyga hamda Bosh vazir Mian Muhammad Shahboz Sharifga chin dildan mustahkam sogʻlik, baxt-saodat, masʼuliyatli ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar, Pokiston Islom Respublikasi xalqiga esa tinchlik, farovonlik va taraqqiyot tiladi.