Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichga Turkmaniston va Serbiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan tabrik maktubini yo‘lladi.
Davlat rahbari Turkmaniston xalqi va Hukumati nomidan, shuningdek, shaxsan o‘z nomidan Serbiya Prezidentiga va mamlakat xalqiga samimiy tabriklari hamda eng ezgu tilaklarini izhor etdi.
O‘z maktubida Prezident Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston va Serbiya o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hurmat, teng huquqlilik va ikki mamlakat xalqlari farovonligini ta’minlash yo‘lidagi umumiy intilish asosida rivojlanib borayotganini ta’kidladi.
Turkmaniston ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidlab, Prezident ikki tomonlama hamkorlik bundan buyon ham ikki mamlakat va xalqlarning manfaatlariga muvofiq muvaffaqiyatli rivojlanishiga ishonch bildirdi.
Fursatdan foydalanib, davlat rahbari Prezident Aleksandr Vuchichga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va farovonlik, Serbiya Respublikasi xalqiga esa tinchlik, taraqqiyot va ravnaq tiladi.
Turkmaniston va Serbiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar 30 yil muqaddam o‘rnatilgan. O‘tgan davr mobaynida ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy-diplomatik muloqot bilan bir qatorda turli sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari shakllandi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.