
Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo turkman-turk komissiyasining 9-yig‘ilishida ishtirok etish uchun poytaxtimiz Ashxobodga kelgan Turkiya Respublikasi vitse-prezidenti Javdat Yilmazni qabul qildi.
O‘tkazilgan yuqori darajadagi uchrashuv yuzasidan bayonot bergan oliy martabali mehmon Javdat Yilmaz, qardosh Turkiya va Turkmaniston o‘rtasidagi tarixiy do‘stlik aloqalari bilan bir qatorda, ikki mamlakatning umumiy kelajagini shakllantiradigan yangi hamkorlik yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilinganini ma’lum qildi.
Turkiya vitse-prezidentining ta’kidlashicha, davlat Rahbari va uchrashuv davomida tomonlar har ikki mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi sohalarda aloqalarni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar:
Muzokaralar davomida tomonlarning o‘zaro manfaatlar va bir-biriga bo‘lgan ishonchga asoslangan mintaqaviy hamkorlikni yanada yuqori bosqichlarga ko‘tarish bo‘yicha qat’iy siyosiy irodaga ega ekanliklari yana bir bor tasdiqlandi.
Hozirgi vaqtda dunyoda yuzaga kelgan geosiyosiy va geoiktisodiy vaziyatni inobatga olgan holda, Turkiya-Turkmaniston aloqalarini ulkan strategik qarash asosida rivojlantirish alohida ahamiyatga ega ekanini qayd etgan Javdat Yilmaz, umumiy tarix, madaniyat va ko‘p qirrali qadriyatlarga tayanadigan munosabatlarni yanada mustahkamlash yo‘lida bundan buyon ham izchil ishlar davom ettirilishini aytdi.
U o‘z nutqida ikki tomonlama ishonch va qardoshlik sherikligi asosida mintaqaviy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashni hamda ikki davlatning yirik rivojlanish maqsadlariga birgalikda erishishni davom ettirishlarini alohida ta’kidladi.
Vitse-prezident Javdat Yilmaz uchrashuv yakunida ko‘rsatilgan yuqori darajadagi mehmondo‘stlik va samimiy qabul uchun Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga o‘zi va delegatsiya a’nolari nomidan chin qalbdan minnatdorchilik bildirdi.
Keywords