Turkmaniston Konstitutsiyasiga hamda Turkmanistonning «Harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq, qaror qilaman:
- Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan, Turkmanistonning «Harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan muddatlarni o‘tagan harbiy xizmatchilar 2026-yilning aprel — iyun oylarida Turkmaniston Qurolli Kuchlari, boshqa qo‘shinlari va harbiy organlaridan harbiy xizmatdan bo‘shatilsin.
- Chaqiruv kuniga qadar 18 yoshga to‘lgan, harbiy xizmatga chaqirilishdan ozod etilish yoki harbiy xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan Turkmaniston erkak fuqarolari, harbiy xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish huquqini yo‘qotgan, yoshi 27 gacha bo‘lgan Turkmaniston erkak fuqarolari 2026-yilning aprel — iyun oylarida harbiy xizmatga chaqirilsin.
- Ushbu Farmon rasmiy e’lon qilingan kunidan e’tiboran kuchga kiradi.
Turkmaniston Prezidenti, Turkmaniston Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoni Serdar Berdimuhamedov. Ashxobod shahri, 2026-yil 16-mart.
Turkmaniston Prezidentining 2026-yil 16-martdagi muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarni Turkmaniston Qurolli Kuchlari, boshqa qo‘shinlari va harbiy organlaridan harbiy xizmatdan bo‘shatish hamda Turkmaniston fuqarolarining navbatdagi harbiy xizmatga chaqiruvi to‘g‘risidagi 676-sonli Farmonini ijro etish maqsadida, Turkmaniston Prezidenti, mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoni Serdar Berdimuhamedov Farmoyishni imzoladi. Hujjatga muvofiq, mudofaa vaziri, ichki ishlar vaziri, milliy xavfsizlik vaziri, Davlat chegaraxizmati boshlig‘i, Turkmaniston Prezidenti Xavfsizlik xizmati boshlig‘i, Davlat migratsiya xizmati boshlig‘iga «Harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan muddatlarni o‘tagan harbiy xizmatchilarni harbiy xizmatdan bo‘shatishni rejalar asosida tantanali ravishda o‘tkazish, jangovar va ijtimoiy-gumanitar tayyorgarlikda ajralib turganlarni rag‘batlantirish topshirildi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.