2026-yil 25-iyul kuni xalqaro ommaviy axborot vositalarida Kaspiy dengizi suv havzasida dengiz kemasiga qilingan hujum haqida maʼlumotlar eʼlon qilindi.

Shu munosabat bilan Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi bunday harakatlarga yoʻl qoʻyib boʻlmasligini bayon qiladi.

Kaspiyboʻyi davlatlaridan biri boʻlgan Turkmaniston Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan eʼtirof etilgan doimiy Betaraflik huquqiy maqomiga ega boʻlgan mamlakat sifatida Kaspiy dengizi tinchlik, totuvlik va yaxshi qoʻshnilik dengizi ekanligini taʼkidlaydi.