
Turkmaniston va Afg‘oniston Turkmaniston–Afg‘oniston–Pokiston–Hindiston (TAPI) gaz quvuri loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi. Bu haqda Turkmanistonning Afg‘onistondagi elchisi Xo‘ja Ovezov va Afg‘oniston Konchilik va neft vaziri Hidoyatullo Badri o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ta’kidlandi.
Xo‘ja Ovezov loyiha amalga oshirilishining hozirgi bosqichi hamda kelgusida rejalashtirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Bu haqda yakshanba kuni TOLOnews agentligi xabar berdi.
Tomonlar gaz quvuri joriy yil oxirigacha Afg‘onistonning Hirot shahrigacha qurib bitkazilishiga umid bildirdilar.
Qurilish yakunlangach, Afg‘oniston har yili 1 milliard AQSH dollaridan ortiq daromad oladi.
Keywords