Turkmanistonning Belarus Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Nazarguli Shaguliyev O‘zbekiston Respublikasining Minskdagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Nuriddin Mamajonov bilan uchrashdi. Turkmaniston diplomatik xizmati sayti xabariga ko‘ra, diplomatlar ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini atroflicha muhokama qildilar.

Uchrashuvda iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) kabi ko‘p tomonlama maydonlardagi birgalikdagi faoliyatga alohida e'tibor qaratildi.

O‘zbekistonlik diplomat Toshkentning hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyorligini hamda har tomonlama muloqotni kengaytirishdan manfaatdor ekanligini tasdiqladi.