
10 fevral kuni «Rossiya Segodnya» xalqaro axborot agentligida 2026 yilda Turkmanistonning Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligidagi raisligi doirasida axborot almashuv masalalariga bag‘ishlangan ishchi uchrashuv o‘tkazildi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda «Rossiya Segodnya» xalqaro axborot agentligi bosh muharriri o‘rinbosari, «Sputnik» multimedia markazlari direktori Andrey Blagodirenko, Turkmanistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi matbuot attashe Gülälek Chopanova va MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Svetlana Malinina ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida asosiy e’tibor Turkmanistonning 2026 yilda MDH raisligi doirasidagi tadbirlarni keng yoritishda «Sputnik» agentligining roli bilan bog‘liq masalalarga qaratildi. Tomonlar a’zo davlatlarning ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, birgalikda kontent yaratish va ekspertlar fikr almashuvini muhokama qildilar. Ishtirokchilar ijodiy kun tartibini ilgari surish va MDHning xalqaro maydondagi ob’yektiv va ijobiy imidjini shakllantirish muhimligini ta’kidlashdi.
Uchrashuv yakunida xalqlarni yaqinlashtirishga va Turkmanistonning madaniy hamda iqtisodiy tashabbuslarini MDH hududida ilgari surishga xizmat qiladigan birgalikdagi media loyihalarni amalga oshirishga tayyorlik tasdiqlandi.
Keywords