
Kecha Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov va Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Turkmaniston TIV xabariga ko‘ra, suhbat davomida tomonlar ikki tomonlama kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildilar. Ilgari erishilgan kelishuvlarni amalda hayotga tatbiq etishga, shuningdek, bo‘lajak aloqalar va qo‘shma tadbirlar rejasiga alohida e’tibor qaratildi.
Ko‘p tomonlama maydonlar, xususan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) va Kaspiybo‘yi davlatlari formati doirasida sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, xabarda vazirlar ikki davlat diplomatik xizmati xodimlari kasb bayramlari munosabati bilan bir-birlariga tabriklar yo‘llagani qayd etilgan.
Keywords