Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi hamda Yangi Zelandiya Tashqi ishlar va savdo vazirligi departament boshliqlari darajasida birinchi bor onlayn siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvda tomonlar ikki tomonlama diplomatik muloqotni rivojlantirish hamda BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida tashabbuslarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qildilar.

Turkmaniston tomoni energetika resurslarini xavfsiz tranzit qilish bo‘yicha BMT rezolutsiyasiga hammualliflik qilgani uchun Yangi Zelandiyaga minnatdorchilik bildirdi. Maslahatlashuvlar davomida BMTning Barqaror transport o‘n yilligi (2026–2035-yillar) doirasidagi loyihalar, Markaziy Osiyo uchun ekologik tashabbuslar hamda yuqori texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi va madaniy-gumanitar sohalarda B2B aloqalarini faollashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.