Bugun Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) Ashxoboddagi markazi rahbari Uilyam Lif bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy-ekologik hamkorlik va gumanitar aloqalar bilan bog‘liq masalalarga alohida e'tibor qaratdilar. Shuningdek, Turkmaniston va YXHT o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Muloqot davomida suhbatdoshlar atrof-muhitni muhofaza qilish va Kaspiy mintaqasining ekologik xavfsizligini ta'minlash borasidagi hamkorlikning muhimligini ta'kidladilar.