
Seshanba kuni Pekinda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov va uning xitoylik hamkasbi Van I oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Turkmaniston Xitoy tomonidan ilgari surilgan toʻrtta global tashabbusni qoʻllab-quvvatlashi maʼlum qilindi.
“Sinxua” agentligi xabariga koʻra, turkman tomoni, shuningdek, “Xitoy — Markaziy Osiyo” uchinchi sammitiga tayyorgarlik koʻrishda faol ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.
Van I ikki xalq oʻrtasidagi doʻstlik anʼanalarini mustahkamlash muhimligini qayd etdi va har tomonlama strategik sheriklikni yanada rivojlantirish zarurligini taʼkidladi. Xitoy tashqi ishlar vazirining soʻzlariga koʻra, Turkmaniston va Xitoy rahbarlari oʻrtasidagi yuksak darajadagi oʻzaro ishonch ikki tomonlama munosabatlarning barqaror rivojlanishi uchun mustahkam strategik poydevor yaratadi.
Muzokaralar turkman xalqining Milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning Xitoyga amalga oshirgan doʻstona tashrifi doirasida boʻlib oʻtdi.
Keywords