
Turkmaniston Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan xavotir bildiradi. Bu haqda Turkmaniston TIVning dushanba kuni ommaviy axborot vositalari uchun e’lon qilgan rasmiy bayonotida xabar berilgan.
Bayonotda ta’kidlanganidek, Turkmaniston TIV ushbu vaziyatni tartibga solish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlar davom etayotgan bir sharoitda bunday holat yuzaga kelganidan afsusda ekanini bildiradi.
Turkmaniston BMT tomonidan tan olingan doimiy betaraflik huquqiy maqomiga ega davlat sifatida, barcha murakkab xalqaro masalalar BMT Nizomi va xalqaro huquq asosida, siyosiy-diplomatik vosita hamda usullarni qo‘llash orqali hal etilishi lozimligini yana bir bor ta’kidlaydi.
Turkmanistonning doimiy betaraflik siyosati xalqaro tinchlik, xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. 1995-yil 12-dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan “Turkmanistonning doimiy betarafligi” to‘g‘risidagi Rezolyutsiya bilan tan olingan ushbu huquqiy maqom Turkmaniston tashqi siyosatining asosini tashkil etadi.
Keywords