Turkmaniston Atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligining Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 23–29-mart kunlari mamlakatda yomg‘irli, ammo iliq ob-havo kuzatiladi. Ayrim kunlarda havo harorati +30 darajagacha ko‘tariladi.
- Ashxobod: o‘zgaruvchan bulutli, yomg‘ir yog‘adi. Shamol tezligi 10-13 m/s dan 14-16 m/s gacha. Kechasi +7...+14°C, kunduzi +18...+28°C iliq bo‘ladi.
- Archabil: o‘zgaruvchan bulutli, yomg‘ir. Shamol 9-12 m/s dan 13-15 m/s gacha. Kechasi +6...+13°C, kunduzi +16...+27°C.
- Bolqon viloyati: o‘zgaruvchan bulutli, yomg‘ir. Shamol 8-13 m/s dan 12-17 m/s gacha. Kechasi +4...+15°C, kunduzi +23...+28°C (sohilbo‘yi hududlarda +17...+22°C).
- Axal viloyati: o‘zgaruvchan bulutli, yomg‘ir. Shamol 7-12 m/s dan 10-15 m/s gacha. Kechasi +5...+16°C, kunduzi +16...+31°C.
- Mari viloyati: o‘zgaruvchan bulutli, hafta o‘rtasida va oxirida yomg‘ir. Shamol 8-13 m/s dan 11-16 m/s gacha. Kechasi +7...+17°C, kunduzi +19...+31°C.
- Lebap viloyati: o‘zgaruvchan bulutli, hafta boshi va ikkinchi yarmida yomg‘ir. Shamol 8-13 m/s dan 12-17 m/s gacha. Kechasi +5...+16°C, kunduzi +17...+30°C.
- Dashoguz viloyati: o‘zgaruvchan bulutli, hafta ikkinchi yarmida yomg‘ir. Shamol 7-12 m/s dan 11-16 m/s gacha. Kechasi +4...+15°C, kunduzi +16...+29°C.
Hafta davomida Turkmaniston bo‘yicha yog‘ingarchilik miqdori 0,1–14,0 mm bo‘lishi kutilmoqda.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.