2025-yil 1-dekabridan boshlab Turkmaniston Markaziy banki 1, 5, 10 manatli modifikatsiyalangan polimer banknotlarni hamda yangi 200 manatli banknotni muomalaga kiritdi.

Polimer banknotlarning asosiy xususiyatlari:

  • Tashqi ta’sirlarga chidamliligi – suv, namlik, ifloslanish va yirtilishga chidamli; oson tozalash mumkin.
  • Uzoq umr – qog‘oz banknotlarga nisbatan 2,5 baravar uzoq xizmat qiladi.
  • Kuchaytirilgan xavfsizlik – shaffof oynalar, mikrochop etish, optik rang o‘zgaruvchi elementlar va murakkab himoya belgilari mavjud.
  • Tejamkorlik – ishlab chiqarish qog‘ozga nisbatan 15–20% qimmat bo‘lsa-da, uzoq xizmat muddati tufayli samarali hisoblanadi.
  • Ekologik toza – ishlab chiqarishda kam energiya sarfi va uzoq xizmat muddati.
  • Foydalanish qulayligi – nuqta va taktil elementlar ko‘rish qobiliyati past yoki ko‘rmaydigan odamlar uchun nominalni aniqlashda yordam beradi.

1, 5 va 10 manatli polimer banknotlarda avvalgi rang va dizayn saqlanadi, yangi 200 manatlik banknotda “Arkadag” binosi va Arkadag shahar hokimligi tasvirlangan.

Banknotlarda bir nechta himoya belgilari mavjud: SPARK®Flow, optik rang o‘zgaruvchi bo‘yoqlar, taktil nuqtalar, shaffof oynalar va optik xavfsizlik chiziqlari. Haqiqiyligini tekshirish uchun kamida beshta belgi ko‘rib chiqilishi yoki bank bo‘limiga murojaat qilinishi tavsiya etiladi.

Yangi polimer banknotlar Turkmanistondagi barcha tashkilotlar uchun majburiydir. Markaziy bankning oldingi banknotlari ham qonuniy to‘lov vositasi sifatida qoladi.