
Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov Arkadag shahri qurilishining ikkinchi bosqichi bilan tanishdi. Ishchi yig'ilishda tibbiyot klasteri va raqamli tizimlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Qahramon Arkadag muqaddas Ramazon oyi davom etayotganini ta'kidlab, ezgu amallar qilish an'anasiga to'xtalib o'tdi. Milliy Lider 15-martdan 16-martga o'tar kechasi Qadr kechasi ekanligini qayd etib, ushbu sana arafasida mamlakat oqsoqollari, diniy ulamolar va yoshlar ishtirokida davlat darajasida iftorlik (agzaçar) sadaqasini berish maqsadga muvofiq ekanligini bildirdi.
Manba: "Watan" habarlar dasturi, Amul Info
Keywords