2026-yilda Turkmanistonda Xalqaro xotin-qizlar kuni 8-mart, yakshanba kuniga to‘g‘ri keladi. Turkmaniston Mehnat kodeksining 81-moddasi 2-qismiga muvofiq, rasmiy bayram kuni yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgan taqdirda, dam olish kuni undan keyingi ish kuniga — dushanbaga ko‘chiriladi.
Mehnat kodeksining 81-moddasiga binoan, 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni rasmiy bayram kuni bo‘lib, shu kuni korxona, tashkilot va muassasalarda ish to‘xtatiladi.
Shunday qilib, mamlakat aholisi ketma-ket ikki kun dam oladi:
- 8-mart, yakshanba;
- 9-mart, dushanba.
Ish haftasi esa seshanba kuni, 10-martda boshlanadi.
2026-yil mart oyi uchun ishlab chiqarish taqvimi:
- 40 soatlik ish haftasi uchun — 166,9 soat;
- 36 soatlik ish haftasi uchun — 150,5 soat.
2026-yilda dam olish kuni deb e’lon qilingan bayram kunlari:
- 1-yanvar – Yangi yil;
- 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni;
- 20-mart – Ro‘za hayiti (Oraza bayrami);
- 21-22-mart – Milliy bahor bayrami (Navro‘z);
- 18-may – Turkmaniston Konstitutsiyasi va Davlat bayrog‘i kuni;
- 27, 28, 29-may – Qurbon hayiti (Gurban bayrami);
- 27-sentabr – Mustaqillik kuni;
- 6-oktabr – Xotira kuni;
- 12-dekabr – Xalqaro betaraflik kuni.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.