O‘zbekistonning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Samarkand Open” universal jang san'ati bo‘yicha Butunjahon ochiq chempionatida turkmanistonlik sportchi Shuhrat Orazgeldiyev muvaffaqiyatli qatnashib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Turkmaniston Ichki ishlar vazirligining Transportdagi politsiya boshqarmasi xodimi, politsiya podpolkovnigi Shuhrat Orazgeldiyev musobaqada 70 kilogramm vazn toifasida “Klassik” yo‘nalishi bo‘yicha bahslarga kirishdi.
25–28-iyul kunlari o‘tkazilgan xalqaro musobaqada turkmanistonlik sportchi to‘rtta murosasiz uchrashuv o‘tkazib, barcha raqiblarini mag‘lub etdi va musobaqaning bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.
Chempionatning yakuniy kunida Shuhrat Orazgeldiyev universal jangning professional ligasida ham muvaffaqiyatli qatnashib, chempionlik kamariga sazovor bo‘ldi.
Tajribali sportchi joriy yil davomida o‘tkazilgan bir qator xalqaro musobaqalarda ham yuqori natijalarni ko‘rsatib, sovrinli o‘rinlarga loyiq ko‘rilgan edi.
Turkmanistonlik sportchining ushbu g‘alabasi mamlakatimiz sport sohasida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarning navbatdagi ifodasi bo‘lib, turkman sportchilari xalqaro arenada o‘z mahoratini namoyish etayotganini yana bir bor isbotladi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.