
Turkmaniston Moliya va iqtisodiyot vazirligi Germaniya Federativ Respublikasining Iqtisodiyot va iqlimni muhofaza qilish federal vazirligi bilan hamkorlikda 2026-yilgi «Partnering in Business with Germany» (Germaniya bilan biznes hamkorlik) dasturi doirasida «Umumiy iqtisodiy hamkorlik» Markaziy Osiyo ayollari guruhi uchun nodavlat sektor vakillari orasidan nomzodlarni saralash bo‘yicha suhbat e’lon qiladi. Bu haqda «Turkmenistan» gazetasida chop etilgan bildirishnomada aytiladi.
Suhbatlarda qatnashish niyatida bo‘lganlar 24-martga qadar zarur hujjatlarni Turkmaniston Moliya va iqtisodiyot vazirligiga topshirishlari lozim.
Turkmaniston va Germaniya tadbirkorlari o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida ikki tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni tayyorlagan nomzodlarga videaloqa orqali o‘tkaziladigan o‘quv kurslarida qatnashish va 2026-yil davomida Germaniya Federativ Respublikasida 3 haftalik amaliyot o‘tash imkoniyati beriladi.
Nomzodlar ingliz yoki rus tillaridan birini yetarli darajada bilishlari kerak.
Nomzodlarga qo‘yiladigan asosiy talablar: — Oliy ma’lumotli bo‘lishi; — Tadbirkorlik subyektining rahbari, tarkibiy bo‘linma rahbari yoki xususiy tadbirkor bo‘lishi (Ashxobod va Arqadag‘ shaharlari hamda viloyatlar); — Kamida 5 yillik ish tajribasiga, shu jumladan, kamida 2 yillik rahbarlik tajribasiga ega bo‘lishi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar va zarur hujjatlar ro‘yxati bilan www.fineconomic.gov.tm saytida tanishish mumkin.
Bog‘lanish uchun telefonlar: (99312) 39-43-51, 39-44-19.
Keywords