Indoneziyaning Bali shahrida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan Jahon yosh fiziklar olimpiadasida (World Young Physicists Olympiad — WYPO-2026) turkmanistonlik talabalar muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 13 ta medalni qo‘lga kiritdilar. Bu haqda «Atavatan Türkmenistan» nashri xabar beradi.
Xalqaro musobaqada Maxtumquli nomidagi Turkman davlat universiteti, Xalqaro gumanitar fanlar va rivojlanish universiteti, S.A. Niyozov nomidagi Turkman qishloq xo‘jaligi universiteti hamda Turkmaniston Davlat energetika institutining talabalaridan shakllantirilgan jamoalar qatnashdi.
Olimpiadada Turkmaniston vakillari bilan bir qatorda Malayziya, Indoneziya, Tailand, Meksika, Qozog‘iston, Ruminiya, Gvatemala, Myanma, Vyetnam va Filippin kabi mamlakatlarning 41 ta oliy ta’lim muassasasidan 200 nafarga yaqin talaba o‘zaro bellashdi.
Musobaqaning individual hisobida turkmanistonlik talabalar 3 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdilar.









Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.