Turkmaniston Mejilisi 2025-yil uchun Davlat budjetining ijrosi to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. Tegishli qaror 2026-yil 25-noyabr kuni Ashxobod shahrida tasdiqlandi va 27-noyabrda e’lon qilindi.

Hujjatga muvofiq, Turkmanistonning 2025-yil uchun Davlat budjeti daromadlar bo‘yicha 139 milliard 299 million 374,6 ming manat, xarajatlar bo‘yicha esa 138 milliard 655 million 834,4 ming manat miqdorida bajarilgani tasdiqlandi.

Qarorni Turkmaniston Mejilisi raisi Dunyago‘zel Gulmanova imzoladi.