Quyidagi yangi tumanlar tashkil etildi:
- Ahal viloyatida – Altyn Asyr tumani,
- Dashoguz viloyatida – Garaşsyzlyk va Gubadag tumanlari,
- Lebap viloyatida – Farap, Döwletli va Garabekewül tumanlari,
- Mary viloyatida – Oguz Han tumani.
Shuningdek, yangi tuman hokimliklari (häkimlik) tashkil etildi.
Tegishli viloyat hokimliklariga Turkmanistonning Moliya va iqtisodiyot vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan hamkorlikda yangi hokimliklarning tashkiliy tuzilmalari va xodimlar soni bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish topshirildi.
Yangi tumanlarning tashkil etilishi 2022–2028-yillarga mo‘ljallangan Turkmanistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturida va 2028-yilgacha qayta ko‘rib chiqilgan Milliy dasturda belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qiladi.






Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.