
Turkmanistonning Saudiya Arabistoni Podshohligidagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammetgeldi Ayazov “EXPO 2030 Riyadh” kompaniyasining manfaatdor mamlakatlar bo‘yicha boshqarmasi rahbari Mohammed bin Garadi bilan uchrashdi. Uchrashuvda Turkmanistonning “EKSPO — 2030” Butunjahon ko‘rgazmasida ishtirok etishi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Turkmaniston rasmiy ommaviy axborot vositalarining juma kuni xabar berishicha, “EKSPO — 2030” Butunjahon ko‘rgazmasi 2030-yilning oktyabridan 2031-yilning martigacha Er-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi.
Tomonlar Turkmanistonning ushbu yirik tadbirda ishtirok etishi mamlakatning xalqaro obro‘sini yanada oshirishga, turli sohalarda erishilgan yutuqlarni dunyoga keng targ‘ib qilishga hamda xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.
Bundan tashqari, Turkmaniston Yaponiyaning Yokohama shahrida 2027-yil 19-martdan 26-sentyabrgacha bo‘lib o‘tadigan “GREENxEXPO 2027” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etishini tasdiqladi.
Keywords