
Bugun turkman xalqining Milliy Lideri, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Qahramon Arkadagʻimiz bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻrtasida telefon orqali suhbat boʻlib oʻtdi.
Qahramon Arkadagʻimiz doʻst davlat rahbarini tavallud kuni bilan chin daldan tabriklab, Prezident Shavkat Mirziyoyevga mustahkam sogʻlik, uzoq umr, gʻayrat-shijoat va masʼuliyatli davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi oʻzbek yetakchisiga tavallud kuni munosabati bilan hurmatli Prezidentimiz Serdar Berdimuhamedovning samimiy salomi va chin daldan yoʻllagan tabriklarini yetkazdi.
Oʻzbekiston Prezidenti samimiy tabriklar, ezgu tilaklar, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida eʼtibor uchun Qahramon Arkadagʻimizga va davlat rahbarimizga chuqur minnatdorlik bildirib, hozirgi vaqtda ikki mamlakat oʻrtasidagi anʼanaviy doʻstlik, oʻzaro ishonch va anglashuvga asoslangan hamkorlik yuqori darajaga koʻtarilganini mamnuniyat bilan taʼkidladi hamda fursatdan foydalanib, hurmatli Prezidentimiz Serdar Berdimuhamedovga oʻzining samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazishini Qahramon Arkadagʻimizdan iltimos qildi.
«Shunday qutlugʻ kunda muvaffaqiyatlar, yaxshi natijalar, ezgu tashabbuslar va rejalar haqida soʻz yuritiladi. Bularning barchasi Sizda bor», dedi Qahramon Arkadagʻimiz va Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan davlat siyosati har kuni oʻz natijalarini berayotganini, oʻzbek jamiyati va har bir fuqarosining hayotini yangi mazmun bilan boyitayotganini, oʻzbek xalqining ulkan maʼnaviy-madaniy va moddiy quvvatini roʻyobga chiqarishni taʼminlayotganini taʼkidladi.
Keywords