«Turkmengaz» davlat konserni va Afg‘onistonning «Afghan Gas» davlat korporatsiyasi o‘rtasida O‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjatni imzolash marosimi turkman xalqining Milliy Yefragi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisining Afg‘onistonga amaliy tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tdi.
«Watan» axborot dasturida xabar berilishicha, ushbu hujjat ikki mamlakatning gaz sohasidagi munosabatlarida yangi sahifa ochadi.
Memorandumga ko‘ra, tomonlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha birgalikda ish olib borishga kelishib oldilar:
Hirot viloyatida gaz infratuzilmasini barpo etish
Sanoat korxonalarini turkman gazi bilan ta'minlash
Elektr stansiyalariga gaz yetkazib berish
Aholi punktlarini tabiiy gaz bilan ta'minlash







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.