
«Turkmenistan» aviakompaniyasi 25 yanvardan kuchga kiradigan xalqaro reyslar jadvalini e’lon qildi. Ashgabatdan Yaqin Sharq, Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Yevropa mamlakatlariga 14 shahar bo‘yicha muntazam reyslar amalga oshiriladi.
Aviakompaniyaning rasmiy saytida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Ashgabat Xalqaro aeroportidan BAA (Dubay, Abu-Dabi), Saudiya Arabistoni (Jidda), Hindiston (Delhi), Xitoy (Pekin), Tailand (Bangkok), Vetnam (Xoshimin), Malayziya (Kuala-Lumpur), Koreya Respublikasi (Seul), Buyuk Britaniya (London), Germaniya (Frankfurt), Italiya (Milan), Rossiya Federatsiyasi (Kazan) va Turkiyaga (Istanbul) reyslar amalga oshiriladi.
Eng ko‘p reyslar Istanbul va Kazan yo‘nalishlariga qilinadi. Fors ko‘rfazi mamlakatlariga samolyotlar haftasiga yetti marta uchadi. Osiyo shaharlariga reyslar haftasiga bir yoki ikki marta, Yevropa yo‘nalishlarida esa haftasiga ikki marta amalga oshiriladi.
Keywords