Turkmaniston xalqaro turizm nashrlaridan birining maxsus sonida keng tanishtirilmoqda. World Tourism Forum Institute tashkilotining rasmiy nashri bo‘lgan World Magazine jurnalining 18-soni to‘liqligicha Turkmanistonga bag‘ishlandi.
60 sahifalik maxsus nashr «Turkmaniston-2026: Betaraf va mustaqil Turkmaniston — maqsad sari intilayotgan qanotli tulporlar vatani» degan nom ostida chop etildi. Jurnalning ushbu soni Turkmaniston Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlanib, uning muqovasida axaltaka tulporining surati joylashtirildi.
Nashrda Turkmanistonning tarixiy-madaniy merosiga, doimiy Betaraflik maqomiga, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga va sayyohlik imkoniyatlariga keng o‘rin berildi. Shuningdek, Kaspiy mintaqasidagi ahamiyati, Turkmenbashi xalqaro dengiz porti, transport-kommunikatsiya va tranzit yo‘laklari imkoniyatlari haqida ma’lumotlar joylashtirildi.
Jurnalning alohida bo‘limlarida turkman xalqining milliy qadriyatlariga ham e’tibor qaratiladi. O‘quvchilar axaltaka tulpori, turkman alabayi, buyuk shoir Maxtumquli Firog‘iyning adabiy merosi, shuningdek, mamlakatning tarixiy va madaniy yodgorliklari bilan tanishtiriladi.
Nashrda Ashxobod shahri, Qoraqumdagi Darvoza gaz krateri, Yangiqala kanyoni va Kaspiy dengizi qirg‘og‘idagi «Avaza» milliy sayyohlik zonasi haqida ham maqolalar chop etildi. Shuningdek, Turkmanistonda turizm va investitsiyalar uchun mavjud imkoniyatlar bayon etiladi.
World Magazine: World Tourism Forum Institute tashkilotining rasmiy nashri bo‘lib, jahon turizmining rivoji, sohadagi joriy yo‘nalishlar va sarmoya imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlarni tarqatadi. Jurnal axborot berish maqsadida bepul tarqatiladi.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.