Xitoyning sport kiyimlari brendi «Anta» Germaniyaning «Puma» kompaniyasining 29,06% aksiyasini sotib oldi. Bitim uchun «Anta» 1,5 milliard yevro sarfladi. Gonkong birjasining ma’lumotlariga ko‘ra, xitoylik brend nemis kompaniyasining 43 milliondan ortiq aksiyasini bir aksiya uchun 35 yevrodan o‘z nomiga o‘tkazdi. «Puma» aksiyalarini sotib olish orqali «Anta» xorijiy bozorlaridagi ta’sirini oshirishni maqsad qilmoqda. Qayd etish lozimki, o‘tgan hafta xitoy kompaniyasining aksiyalari 1,6% ga qimmatlashdi.
Xitoy brendi Anta Puma kompaniyasining 29% aksiyasini sotib oldi
1 daqiqa o'qish29

Xitoyning «Anta» brendi Germaniyaning «Puma» kompaniyasining 29% aksiyasini sotib olib, xalqaro bozorlardagi ta’sirini oshirishni maqsad qilmoqda.






Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.