Xitoyda o‘qishni istagan barcha uchun muhim voqea kutilmoqda. HSKning «Xitoyda ta’lim olish» deb nomlangan oliy ta’lim onlayn ko‘rgazmasiga oz vaqt qoldi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasining Turkmanistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sana va vaqt: 2026-yil 13-mart (juma), soat 09:00 dan 12:15 gacha. O'tkazilish joyi: «ZOOM» platformasi.
Sizni nimalar kutmoqda? Xitoyning 6 ta yetakchi universiteti o‘z o‘quv dasturlarini taqdim etadi:
- Pekin universiteti
- Shanxay transport universiteti
- Pekin texnologiya instituti (Chjuxay shahridagi kampusi)
- Xarbin muhandislik universiteti
- Lanchjou transport universiteti
- Guychjou universiteti.
Dasturga quyidagilar kiradi:
- Talaba nafaqalari (stipendiyalar) va grantlar;
- Bakalavr va magistratura dasturlari;
- O‘qish va yashash sharoitlari;
- Universitet shaharchalari (kampuslar) infratuzilmasi;
- Har bir oliy o‘quv yurti tomonidan rus tilida o‘tkaziladigan 30 daqiqalik taqdimot va jonli efirda savollar berish imkoniyati!
Tadbir to‘liq rus tilida, XXR Ta’lim vazirligi huzuridagi Til ta’limi va hamkorlik markazi ko‘magida o‘tkaziladi. 2016-yildan buyon ushbu tadbir dunyoning 47 ta davlatida o‘tkazildi va 8 milliondan ortiq xitoy tili o‘rganuvchilariga yordam berdi.
Ishtirok etish bepul va o‘rinlar soni cheklanmagan. Tizimga ulaning va barcha ma’lumotlarni birinchi qo‘ldan oling! Konferensiya kodi rasmda ko‘rsatilgan.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.