
Yengil atletika bo‘yicha Xitoy Gran-pri bosqichida yangi tarixiy natija qayd etildi. 26 yoshli sportchi Nyu Chunge ayollar o‘rtasida langarchop bilan sakrashda Osiyo rekordini yangilashga muvaffaq bo‘ldi.
O‘tkazilgan musobaqada sportchi 4,73 metr balandlikdan sakrab, rekordning yangi sohibasiga aylandi. Nyu Chunge ushbu ko‘rsatkichi bilan o‘z vatandoshi Li Linning 2019-yilda Shanxayda o‘rnatgan 4,72 metrlik natijasini ortda qoldirib, Osiyoning yangi rekordini o‘rnatdi.
O‘rnini aytib o‘tish joizki, Nyu Chunge muvaffaqiyatli chiqishlari bilan tanilgan. U joriy yilning fevral oyida bino ichida (indoor) langarchop bilan sakrash bo‘yicha Osiyo chempioni unvoniga ham sazovor bo‘lgan edi.
Keywords