Xorijiy fuqarolarni ro‘yxatga olish endi onlayn tarzda amalga oshirilmoqda
Turkmaniston Davlat migratsiya xizmati mamlakatimizda vaqtincha bo‘lib turgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni hisobga olish uchun yangi onlayn ro‘yxatga olish tizimini ishga tushirdi.
Yangi tizim xorijiy fuqarolarga, shuningdek, ularni qabul qiluvchi jismoniy va yuridik shaxslarga migratsiya xizmati idoralariga borish zaruratisiz internet orqali bo‘lgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish imkoniyatini beradi.
Mazkur raqamli xizmat Turkmanistonning «Migratsiya to‘g‘risida»gi Qonuniga kiritilgan o‘zgartishlar munosabati bilan yaratildi. Ushbu o‘zgartishlar xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning bo‘lgan joyi bo‘yicha hisobga olinishi, Turkmanistonda bo‘lish muddatini uzaytirish hamda hisobdan chiqarish bilan bog‘liq qoidalarni zamonaviylashtirdi.
Onlayn tizimning asosiy afzalliklari:
migratsiya xizmati idoralariga shaxsan borish zaruratining kamayishi;
vaqtni tejash;
hujjatlar aylanishini elektron shaklda ta'minlash;
ro‘yxatga olish ishlarini qisqa muddatda amalga oshirish;
xizmatlarning qulayroq va soddalashtirilgan tartibda bajarilishi.
Turkmaniston Davlat migratsiya xizmati migratsiya xizmatlari sifatini oshirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va xalqaro tajribadan foydalanishni muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilaydi.
Yangi onlayn tizim xorijiy fuqarolar bilan bog‘liq migratsiya amallarini yengillashtirish bilan bir qatorda, tegishli xizmatlarning zamonaviy va raqamli shaklda amalga oshirilishiga sharoit yaratadi.

Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.