
Azat Quliyev, Kerki tumanidagi chet tillar chuqurlashtirib o‘rgatiladigan 37-ixtisoslashtirilgan o‘rta maktab direktorining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari: Yaqinda Kerki tumanidagi chet tillar chuqurlashtirib o‘rgatiladigan 37-ixtisoslashtirilgan o‘rta maktabda 2026-yilning «Mustaqil, boqiy Betaraf Turkmaniston — samandardek shiddatli orzular makoni» shiori bilan nomlanishi munosabati bilan «Mustaqil davrimning uchar qanoti — millatning murodi qanotli oti» deb nomlangan musiqiy-madaniy tadbir o‘tkazildi. Tadbirni maktab direktori Mergen Abdullayev ochib berib, o‘quvchilarni mehmonlar bilan tanishtirdi.
So‘ngra tantana mehmonlari — Maxtumquli nomidagi Yoshlar tashkiloti Kerki tuman Kengashi raisi Arzuv Rahmonova, «Türkmen dünýäsi» gazetasi mas’ul kotibi, Turkmanistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Davrangeldi Agaliyev, «Türkmen gündogary» gazetasi maxsus muxbiri, yozuvchi Odegeldı Quliyev va boshqalar yil shiorining chuqur falsafiy mazmun-mohiyati, muqaddas Mustaqilligimiz, boqiy Betarafligimiz hamda xalqimiz va davlatimiz baxtiyor hayotida axaltaka otlarining tutgan o‘rni haqida qiziqarli so‘zlab berdilar. Tadbir davomida yangi yil shioriga bag‘ishlangan she’rlar, yuqori sinf o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan qo‘shiqlar va kushtdepdi raqsi barchada unutilmas taassurot qoldirdi. Ushbu tadbirdagi chiqishlar va qo‘shiqlarda turkman xalqining Milliy Lideri Qahramon Arqadog‘imizga hamda muhtaram Prezidentimiz Arkadagli Qahramon Serdarimizga bo‘lgan samimiy minnatdorchilik tuyg‘ulari yaqqol namoyon bo‘ldi.
Keywords