Bugun Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov Yevropa Ittifoqining Turkmanistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Beata Peksa bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Turkmaniston TIV xabariga ko‘ra, uchrashuv davomida o‘zaro hamkorlikning hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar Turkmaniston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishda muntazam siyosiy muloqot va samarali sa'y-harakatlarning muhimligini ta'kidladilar. Shu munosabat bilan atrof-muhitni muhofaza qilish va Kaspiy dengizi ekotizimini asrash bo‘yicha hamkorlikning ahamiyati alohida ko‘rsatib o‘tildi.