Turkmaniston Qurilish va arxitektura vazirligi Turkmaniston bilan Afg‘oniston chegarasida, Lebap viloyatining Kerki tumanida joylashgan «Ymamnazar» bojxona punktini rekonstruksiya qilish bo‘yicha qurilish ishlarini amalga oshirish uchun tender e’lon qildi. Bu haqda Lebap.biz sayti xabar bermoqda.
«Ymamnazar» bojxona punkti Turkmanistonning Afg‘oniston bilan transchegaraviy savdo-iqtisodiy aloqalarida muhim ahamiyatga ega obyektlardan biridir. Uni rekonstruksiya qilish chegara infratuzilmasini modernizatsiya qilish va transport-logistika imkoniyatlarini rivojlantirish bilan bog‘liq.
Tenderda ishtirok etish istagini bildirgan manfaatdor tomonlarning arizalari va takliflari Turkmaniston Qurilish va arxitektura vazirligining Bozorni o‘rganish va tashqi iqtisodiy aloqalar boshqarmasida belgilangan tartibda qabul qilinadi hamda rasmiylashtiriladi.
Tender bo‘yicha arizalar va takliflarni topshirishning oxirgi muddati 2026-yil 24-noyabr etib belgilangan.







Izohlar
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'ling.